Image Alt

BIZ HAQIMIZDA

Go’shtga va olovdagi go’shtga bo’lgan muhabbat

Shosh

Hilton Tashkent City mehmonxonasidagi Shosh restoranining menyusi uchun yevropalik, turk va milliy oshxonaning eng sara taomlari tanlangan. G’oshtni yoqtiradiganlarga steyklar, kaboblar va o’tin tutunining xushbo’y hidiga ega barbekyu nihoyatda xush keladi. Grillda tayyorlangan shirali va sersuv taomlar hech bir ovqat shinavandasini befarq qoldirmaydi: mayin qo’y go’shti, tengsiz pishirilgan mol go’shti, og’izda eriydigan tovuq go’shti hamda dengiz mahsulotlari. Restoranda tayyorlangan burgerlarni shunchaki fastfud deb atab bo’lmaydi. Qirsildoq tolqonda pishirilgan nafis tovuq filesi yoki shirali marmar mol go’shti, turli hil qaylalar, eritilgan cho’ziluvchan pishloq va oltin tusli fri kartoshkasining uyumi  — hattoki eng nozik didli ovqat shinavandasi ham bundan mamnun bo’ladi.

Tansiq va yengil taomlarni yoqtiradiganlarga restoran turli salatlarni taklif qilishi mumkin: laym sharbati va asal qo’shilgan greypfrutli salat, mol go’shti qo’shilgan mayin salat yoki shirin tomatlar va yangi uzilgan rukkolali — bu yerda hamma o’z didiga mosini topa oladi. Taomlar assortimenti shunchalik kattaki, hattoki eng tabi nozik mehmonlar ham “o’zining” taomini topishi aniq. Barda keng ko’lamda vinolar taqdim etilgan. Spirtli ichimliklar ichmaydiganlar uchun bir nechta turdagi alkogolsiz kokteyllar, limonadlar va boshqa turdagi yaxna ichimliklar mavjud.

Shosh restorani, shvedcha stol formatida taqdim etilgan, taomlarning boy tanloviga ega, hashamatli nonushtalarni taqdim etadi.

Shvedcha stolning menyusiga 140 dan ortiq taomlar va ichimliklar kiradi. Unda ham milliy, ham xalqaro oshxonalar taqdim etilgan.

Shvedcha stolda Sizni sut mahsulotlari, bo’tqalar, myusli, yangi uzilgan sabzavotlardan salatlar, sho’rvalar, go’sht va baliqdan tayyorlangan taomlar, pishiriqlar, mevalar, ko’plab foydali va mazali ovqatlar, shuningdek, vegetarianlik taomlar kutadi. Yangi tayyorlangan pishiriqlar, yangi tayyorlangan qahva, xushbo’y choylar, smuzi, yangi chiqarilgan apelsin sharbati va meva sharbatlari sizni juda quvontiradi.

 

Nonushta vaqti:

06:30-10:30 – Dushanba – Juma

06:30-11:00 – Shanba – Yakshanba